Hirot amirligi

Hirot amirligi (1716-32) -Hirot qo’zg’oloni natijasida barpo etilgan davlat. Hirot amirligini qabila zodagonlari tomonidan saylangan Amir va zodagonlar kengashi boshqargan. Hirot amirining hokimiyati Murg’ob, Bodhiz, Qusuviya, G’uriyon va Farax tumanlariga tarqalgan. Safaviylarning, keyinchalik esa Nodir Qulibekning Hirot amirligini bo’ysundirish uchun bir necha yillar davomida olib borgan urinishlari samarasiz bo’lgan. Faqat 1732 yilga kelib Nodirshoh amirlikni bosib olishga erishgan. Abdallarning bir necha ming oilasi viloyatdan badarg’a qilingan, Nodirshoh sarkardalaridan biri Hirot hokimi etib tayinlangan. Hirot amirligining barpo etilishi afg’on davlatchiligining shakllanish jarayonida muhim bosqich bo’lgan.