Hirot qo’zg’oloni

Hirot qo’zg’oloni (1716) -Safaviilar hukmronligiga qarshi Hirot va uning viloyatida ko’tarilgan qo’zg’oloni. Viloyat aholisining bir qismi afg’onlarning Abdal qabilasidan iborat edi. Milliy zulm va mahalliy aholini Safaviy hokimlari tomonidan diniy ta’qib etilishi, shuningdek, yirik afg’on qabila boshliqlarining chet elliklar hukmronligidan xalos bo’lishga intilishlari Hirot qo’zg’oloniga sabab bo’lgan. Qo’zg’olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchini Abdal qabilasi tashkil etgan; qabila boshliqlari va zodagonlari rahbarlik qilgan. Hirot va viloyatning afg’on bo’lmagan aholisi qo’zg’olonchilarga katta yordam ko’rsatganlar, oziq-ovqat, yem-xashak bilan ta’minlab turgan, harbiy qismlar tashkil qilgan. Shoh qo’shinlarining qo’zg’olonni bostirish uchun qilgan urinishlari zoe ketgan. Hirot qo’zg’oloni natijasida Hirot amirligi barpo etilgan.