HISOB

HISOB – biror narsa mavjudligini belgilash, uni o’lchash va son hamda sifat tomonidan qayd etish. Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning barcha jabhalari to g’risidagi doimiy axborot bilan ta’minlaydi. Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan hisob axborotlarining hajmi ortadi va jamiyat hamda xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun hisobni yanada takomillashtirish zarur. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor hisoblarni o‘z ichiga oluvchi yagona xalq xo’jaligi hisobi tashkil etilgan.