HISOB-KITOB STAVKASI SIYOSATI

HISOB-KITOB STAVKASI SIYOSATI – pul-kredit siyosatini amalga oshirish vositasi. Hisob-kitob stavkasini Markaziy bank belgilaydi. Agar u past bo’lsa, tijorat banklari ko’proqkredit oladi, natijada banklarning ortiqcha bank rezervlari kamayadi, muomaladagi pul massasi ortadi. Hisob-kitob stavkasi darajasi yuqori bo’lsa, banklar kredit kamroq oladi, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladi, natijada ortiqcha bank rezervlari ko’payadi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.