Hisor qo’riqxonasi
Hisor qo’riqxonasi – Qashqadaryo viloyatida, Hisor tog’ tizmalari g’arbida (Yakkabog’ va Shahrisabz tumanlari tog’li hududlarida) joylashgan davlat qo’riqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qo’riqxonalari negizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80986,1 gektar, shundan 12203 gektar o’rmonzorlar, 2745 gektar o’tloqzor, 17 mga suv havzalaridan iborat. Tabiiy Landshaft majmualari va Hisor tog’tizmasi ekotizmlarini saqlash maqsadlarida tashkil etilgan. Qo’riqxonada o’simliklarning 870 (O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan dorivor o’simliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov astragali, oq Parpi, Oshanin piyozi, Anzur piyoz kabi 35 dan ortiq), qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq (qora qoplon, Turkiston silovsini, qo’ng’ir ayiq, burgut, oq boshli qumoy, Itolg’i, qora laylak va boshqalar) turi mavjud.