HOKIMIYATNING IJTIMOIY ASOSI
HOKIMIYATNING IJTIMOIY ASOSI — bu ijtimoiy guruh, qatlamlar, ularning mavjud ijtimoiy tuzum, siyosiy, madaniy-tarixiy an‘analar hamda davlatning ilmiy texnikaviy rivojlanish darajasidan iborat bo’ladi. Hokimiyatning asosi harakatdagi qonunchilik tizimi va uning ijrosini ta‘minlovchi institutlar, tashkilotlar bilan ifodalanadi.