Hoshiya

Hoshiya — naqsh mujassamotida asosiy qismlardan; biror narsaning asosiy qismidan ajralib turadigan cheti, atrofi, zehi. Amaliy bezak san’atida naqsh mujassamoti tuzilishidagi muhim qism, bo’lak; Markaziy maydon va uni o’rab turadigan Hoshiya naqshdan iborat mujassamot keng tarqalgan; ba’zan bezak faqat Hoshiya naqshdan iborat bo’ladi. Bezatilayotgan maydon (Perspektiva, nisbatlar)ga qarab Hoshiya turlicha (ingichka, yo’g’on kabi) kenglikda bo’ladi; ba’zan 2 parallel chiziqlar orasiga ham naqshlar ishlanadi. Hoshiya naqshlarni bir-biridan ajratib turish uchun ularning orasiga chiziladigan parallel to’g’ri chiziqdan boshlab to murakkab naqshlargacha tarkib topadi.