Hududiy ishlab chiqarish komplekslari, ishlab chiqarish hududiy komplekslari

Hududiy ishlab chiqarish komplekslari, ishlab chiqarish hududiy komplekslari – jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududlar bo`ylab joylashtirish formasi bo`lib, fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ishlab chiqaruvchi kuchlarni taraqqiy ettirish vazifalariga mos tushadi. Hududiy ishlab chiqarish komplekslari iqtisodiy rayon xo`jaligining tarkibiy qismi hisoblanadi va o`zaro bog`langan sanoat va qishloq xo`jaligi korxonalari majmuidan iborat; Hududiy ishlab chiqarish komplekslari muayyan hududda (ma’muriy chegaraga mos kelishi shart emas) tarkib topadi, hududiy mehnat taqsimoti sistemasida faol ishtirok etadi.