Hukm, muhokama

Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga ma’lum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr bo’lib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar to’g’ri (chin) yoki xato (yolg’on) yoxud noaniq (taxminiy) bo’lishi mumkin. Hukmlar ob’yektiv voqelikka mos kelsa to’g’ri (chin), mos kelmasa xato (yolg’on) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan Hukmlar noaniq Hukmlar deyiladi. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy Hukm deb tarkibidan yana bir Hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy Hukm tarkibi 3 bo’lak: mantiqiy ega — sub’yekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bog’lovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qilinayotgan predmet va hodisani, mantiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bog’lovchi («…dir», «emas») predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qat’iy Hukmning formulasi; 8— R (emas). Oddiy Hukmlar sifatiga ko’ra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, hajmiga ko’ra yakka, umumiy va juz’iy Hukmlarga bo’linadi. Oddiy qat’iy Hukmlar sifati va hajmiga ko’ra 4 turga bo’linadi: 1) umumiy tasdiq Hukm (A) «hamma 5—R dir»; 2) umumiy inkor Hukm (E) «hech bir 8—R emas»; 3) juz’iy tasdiq Hukm (I) «ba’zi 5—R dir»; 4) juz’iy inkor Hukm (O) «ba’zi 3—R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga ko’ra atributiv, mavjudlik va munosabat Hukmlari farqlanadi. Murakkab Hukm deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy Hukm bo’lgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab Hukmlar «va», «yoki», «agar… unda» kabi mantiqiy bog’lovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali 2 va undan ortiq oddiy Hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab Hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (kon’yunktiv) Hukm — alv. Masalan, o’z tilini va madaniyatini yo’qotgan millat o’zligidan judo bo’ladi; 2) aiiruvchi (diz’- yunktiv) Hukm — a V v. Masalan, o’simliklar bir yillik yoki ko’p yillik bo’ladi; 3) shartli (implikativ) Hukm — a —> v. Masalan, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik Hukmi — a=v. Masalan, agar bu geometrik Figura uchburchak bo’lsa, unda uning burchaklarining yig’indisi 180 bo’ladi. Hukmlar modalligiga ko’ra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi turlarga bo’linadi. Hukm tafakkur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi. Dilbar Fayzixo’jayeva.