«Hurliqo va Hamro»

«Hurliqo va Hamro» – turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan ishqiy-romantik doston; muallifi noma’lum, Fors xalq ertagi «hurliqo» va uning Sayqaliy tomonidan o’zbek tilida she’rga solingan «Qissai hamroh va hurliqo» varianti asosida yaratilgan, deb taxmin qilinadi. Doston o’zbek (1908), turkman (1971, 1978) tillarida nashr etilgan. Bularda Hamro va uning akalari boshidan kechirgan turli sarguzashtlar hikoya qilinadi; sof sevgi, do’stlik, vatanparvarlik g’oyalari tarannum etiladi. Doston voqealari «Bulbuligo’yo», «Cho’loq bo’ri» kabi o’zbek xalq ertaklaridagi mazmunga mos keladi. «Hurliqo va Hamro» hozirgi mang’itlik Tursun baxshi repertuarida mavjud.