Husayn Toha

Husayn Toha (1889.14.11, Yuqori Misr, Magaga sh. yaqinidagi Kilu qishlog’i — 1973.28.10, Qohira) — Arab yozuvchisi, adabiyotshunos va tarixchi (Misr), professor (1919). Qohiradagi Arab tili akademiyasi prezidenti (1965 yildan). «Vafd» partiyasi a’zosi (1932). Iskandariya universiteti rektori (1943-46), Maorif vaziri (1950-52), 1956 yildan Misr yozuvchilari Ittifoqi raisi. To’rt yoshida ko’r bo’lib qolgan. Arab shoiri va faylasufi Abul-a’lo al-Maarriy ijodi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. «Kunlar» (1-2-kitob, 1929-39; 3-kitob, 1972), «kaklik nidosi» (1934), «Adib» (1935), «baxtsizlik daraxti» (1944), «Yer zahmatkashlari» (1948) va boshqa asarlar muallifi. Husayn Tohaning adabiyotshunoslikka oid «she’riyat va Nasr haqida suhbatlar» (1936), «hozirgi zamon adabiyotimizdan» (1958) kabi asarlari ham bor. «Memuarlar»i 1967 yil nashr etilgan. Misr Davlat mukofoti (1959) va «Nilufar» jurnal mukofoti (1971) laureati. Ll: Xalidov A.B., Xudojestvennaya proza Taxa Xuseyna, L., 1954; Kosarev N . K., Pisateli Egipta. XX vek, M., 1975.