Hut

Hut– 1) Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Shamsiya (Quyosh yili) hisobidagi o`n ikkinchi oy, 22-fevraldan 21-martgacha davom etadi. Quyosh bu vaqtda osmon sferasida Hut yulduzlar turkumidan o`tadi. Hut qishning oxirgi oyi. «Yaxshi kelsa hut, yomon kelsa yut» maqoli bor. Hut oyi yaxshi kelganda qorlar erib, kunlar isib ketadi, chorvani haydab boqsa bo`ladi. Ba’zan sovuq kelib, avji yem-xashak tugagan vaqtda chorva mollarini haydab boqish qiyin bo`lib, yut bo`ladi.