IBN ABD RABBIHI

IBN ABD RABBIHI, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad (860.28.11 — Qurtuba — 940.1.3) — Arab shoiri, tarixchisi. Arab mumtoz she’riyatining barcha janrlarida ijod etgan. U haqidagi ma’lumot Saolibiyning tazkirasida keltiriladi. Ibn Abd rabbihining «Al-Mumahhisot» («Tozalovchilar») asarida ko’pgina she’r va qasidalar jamlangan. U 7-8-asr Arab adabiyoti tarixiga oid 25 bobdan iborat «al-Iqd alfarid» («Nodir marjon») nomli tazkira tuzgan. Undan joy olgan arablarning qadimgi urf-odatlari va tarixiga oid ayrim ma’lumotlar «Islomgacha bo’lgan Arab tarixi haqida xabarlar» nomi bilan Parijda 3 marta nashr etilgan (1836, 1837, 1838).