IBN SINO NOMIDAGI NASHRIYOT

IBN SINO NOMIDAGI NASHRIYOT — O’zbekiston matbuot va axborot agentligiga qarashli tibbiy nashriyoti. O’zbekiston davlat tibbiyot nashriyoti sifatida 1959 yil tashkil etilgan. 1964 yildan «meditsina» deb nomlangan. 1990 yildan hozirgi nomda. Oliy va o’rta tibbiyot o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, shifokorlar uchun amaliy qo’llanmalar, sanitariya maorifi bo’yicha ommabop tibbiy adabiyot, Lug’at, ma’lumotnomalar, plakatlar va boshqa tur kitoblar nashr etadi. 2002 yilda umumiy hajmi 1 million 375 ming nusxada 75 nomda kitob va risola nashr etgan.