IBODAT

IBODAT (Arabcha — sig’inmoq, bosh egmoq) — g’ayritabiiy kuchlar (Xudo, ruh va boshqalar) ga sig’inish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha Ibodat qilinadi. Diniy e’tiqodning tarkibiy qismi sifatida Ibodat qat’iy tartib va qoidalarga bo’ysundirilgan. Masalan, xristianlar xochga cho’qinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz o’qib Ibodat qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar Ibodatdan ozod qilingan. Ibodat yakka holda yoki ko’pchilik bo’lib bajariladi. Diniy ta’limotga ko’ra, butun borliqni unutib, o’zini faqat Xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda Ibodat qilish kerak.