IBROHIMOV SOBIRJON

IBROHIMOV SOBIRJON (1905.21.12, Andijon — 1974.22.12, Toshkent) — tilshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), Filologiya fanlari Doktori (1961), professor (1965). Samarqanddagi O’zbekiston Pedagogika akademiyasida o’qigan (1928-29), «qizil O’zbekiston» gazetasining maxsus muxbiri (1929), O’zbekiston davlat nashriyotida adabiy muharrir (1929-33), madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim (1933), yangi alifbo va terminologiya qo’mitasida bo’lim mudiri (1934-37), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1937-74). Ilmiy tadqiqotlari o’zbek tilining fammatika, dialektologiya, leksikologiya, imlo, orfoepiya kabi sohalariga oid («Farg’ona shevalarining kasb-hunar leksikasi», 1-3-kitob, 1956-59; «Bosh harflarni ishlatish qoidalari» 1964; «O’zbek imlosidagi ba’zi qiyin holatlar», 1970; «adabiy talaffuz madaniyati», 1972 va boshqalar). Ibrohimov «Ruscha-O’zbekcha lug’at» (1954; 1950-55), «Navoiy asarlari lug’ati» (1972), «O’zbek tilining izohli lug’ati» (1981) va boshqalar tuzishda qatnashgan. As: O’zbek tilining Andijon shevasi, T., 1967; nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida, T., 1972; tilga e’tibor — elga e’tibor, T., 1972.