IERARXIYA

IERARXIYA (yun. hierarchia, hieros – avliyo va arche – hukmronlik, hokimiyat, mansab pog’onasi) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Xizmat pog’onasi quyidan yuqoriga qarab bir-biriga qarab bir-biriga o’tuvchi va ahamiyati ortib boruvchi mansab, unvonlar qatori. Fanga Ierarxiya tushunchasi XIX asrning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab Ierarxiya jamiyatning sinfiy tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qo’llanilgan. XX asrdan boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qo’llanila boshlandi.