IJTIMOIY KAFOLAT

IJTIMOIY KAFOLAT — barcha fuqarolarning millati, tili, dini, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy holatidan qat‘iy nazar Konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar bilan birga ularning hayot darajasi pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ehtiyojmand oila va fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini ta‘minlash, g’amxo’rlik qilishdir.