IJTIMOIY SIYOSAT

IJTIMOIY SIYOSAT – bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati kuchayadi. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy jarayonlarni yaxshilab borish uchun davlat tomonidan ko’rilgan umumlashgan chora-1adbirlardir. Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini qamrab oladi. Uning asosiy yo‘nalishlari daromad siyosatidan, baho va ish bilan bandlikni taminlashdan, ijtimoiy infratuzilmalardan (ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash) va ijtimoiy himoyalashdan iborat. Ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tabaqalanishni yumshatishga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat moddiy manfaatdorlikni muvofiqlashtiradi. U aholining turli guruh va qatlamlarini iqtisodiy faollikka chaqiradi hamda iqtisodiy samaradorlik bilan ijtimoiy samaradorlik o’rtasida huquqiy tenglikni taminlaydi.