IJTIMOIY STRUKTURA

IJTIMOIY STRUKTURA — ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari o’rtasidagi barqaror va tartiblashgan aloqalar tarmog’i. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti, ijtimoiy tartibotlar (davlat va boshqalar) xususiyati bilan belgilanadi. Aholining Ijtimoiy strukturasi, shuningdek, uning kasb-hunar, milliy, jins, yosh, madaniy va boshqa belgilari bo’yicha bo‗linishini ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy hayot xususiyatini o’zida ifoda etib, jamiyatni tashkil etuvchi elementlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.