IKKI FUQAROLIK

IKKI FUQAROLIK, bipatridlar — ayni bir vaqtda ikki va undan ortiq davlat fuqaroligiga mansublik. 1930-yil Gaaga konvensiyasida ikki fuqarolikni kamaytirish va tan olmaslik haqidagi xalqaro tamoyil mustahkamlangan. Umum e‘tirof etgan qoidaga ko’ra, har bir shaxs faqat bir davlatning fuqarosi bo’la oladi.