IKROMOV MAMATQUL IKROMOVICH

IKROMOV MAMATQUL IKROMOVICH (1923.30.4, Samarqand) — botanik olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), biologiya fanlari Doktori (1972), professor (1973), SamDUni tugatgan (1953), botanika kafedrasi mudiri (1964-87), 1988 yildan professor konsultant. 2-jahon urushi qatnashchisi. Bozulbang (lagoxilus)ning biologiyasi va ekologiya hamda uni madaniylashtirish, O’rta Osiyodagi dorivor o’simliklar zaxiralarini aniqlash, ular biologiyasi, ekologiya, geogiyasi, morfologiyasi, anatomiyasi va sistematikasini o’rganish ustida tadqiqot olib borgan. «Tuban o’simliklar», «Botanika (o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)» darsliklari muallifi. As: O’rta Osiyo bozulbang turkumi, T., 1976; yangi dorivor usimliklar, T., 1993; Zarafshon vohasining o’rta qismida o’suvchi dorivor usimliklar va ularni muhofaza qilish, T., 1992.