Ilk operani kim bastalagan?

Televizion vesternlar — g’arbiyonalar sizga ma’qulmi o’zi? Ular ko’pchilik orasida ommalashib ketgan. Biroq, siz o’n yil davomida yildan-yilga bitta va aynan o’sha vesterndan zavqlana olishingizni tasavvur qilasizmi? Ammo san’atning shunday bir turi borki, kishilar undan aynan shunday bir tarzda huzurlanadilar. Bu — opera. Qaydam, opera quloqqa yoqimli, ko’zga xushnamo bo’lgani uchun bu qadar ommalashgandir. Operalar — partiyalar ifodali o’qilmasdan, balki kuylanadigan pyesalardir. Asosiy partiyalar yakkaxon xonandalar tomonidan kuylanadi, tag’in xor ham mavjud, orkestr opera debochasida va har bir yangi parda oldidan mustaqil chaladi. U xonandalarga va opera pardalariga jo’r bo’ladi. Opera boshlanishi oldidan ijro etiladigan musiqa uvertyura yoxud Sarahbor deb ataladi. Operada yakkaxon partiyaning ikki turi mavjud. Ariya cho’ziq qo’shiqni eslatadi. Regitativ — ohangnamo — musiqa sadolari ostida ifodali o’qishdek jaranglaydi. Operaning to’la-to’kis mundarijasi libretto deb ataladi. Partitura — operaga bastalangan musiqaning hammasi. Aksariyat operalarga balet qo’shilgan. 1600 yilni opera ibtidosi sanasi deb hisoblash odat tusiga kirgan. Xuddi o’sha yili Jakopo Peri Fransiya qiroli Genrix IV ning nikoh to’yida ijro etilgan «Evridika» operasini bastalaydi. Bundan mana qariyb to’rt yuz yil o’tibdiki, opera ommaviy ko’ngil ochish va vaqtixushlikning ommabop shakli sanaladi, deb xulosa chiqarish mumkin.