IMIJ
IMIJ – 1. Tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o’xshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog’liq bo’lgan ijtimoiy-psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, Tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi. 2. Firmaning mavqeyi, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati, rahbarlarning obro’si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.