Imomiylar
Imomiylar-shialikda asosiy oqimlardan birining tarafdorlari, ya’ni Ali avlodiga taalluqli o’n ikki imomni tan oluvchi mo’tadil shialar. Imomiylar o’ng birinchi imom Hasan al-Asqariy vafotidan (873 yil) keyin uning yosh o’g’li Muhammadni oxirgi o’ng ikkinchi imom deb tan olganlar. Rivoyatlarga ko’ra, bu imom yo’qolgan. Imomiylar uni “yashiringan imom”, ya’ni mahdiy deb e’lon qilganlar. U qaytib kelishi bilan adolat tantana qiladi deb hisoblaydilar. “Yashiringan imom”ga e’tiqod imomiylarning asosiy aqidalaridan biridir. Imomiylar shialarning ancha ko’p tarqalgan qismidir.