Imperiya knyazlari

Imperiya knyazlari (nemischa Reichfurst)-Muqaddas Rim imperiyasida 1806 yilgacha yirik feodallar tabaqasi; ko’plab imtiyozlarga ega bo’lishgan. XII asrning 2-yarmida dunyoviy va diniy zodagonlar-arxiyepiskoplar, yepiskoplar, abbatlar, gertsoglar, pfaltsgraflar, markgraflar, graflar va boshqalardan shakllangan. O’z mulklariga bevosita imperatordan invertitura olganlar, o’z hududida oliy yurisdiktsiyaga va reyxstagda ishtirok etish huquqiga ega edilar. Eng oliy Imperiya knyazlari kurfyurstlar jamoasini tashkil etgan. markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan amalda mustaqil hukmdorlarga aylanishgan.