Impichment
Impichment (inglizcha impeachment)-ayrim davlatlarda, masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiyada oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenti, hukumat boshlig’i va shu kabilar)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to’g’risidagi ishlarni sudda ko’rib chiqishning alohida tartibi. Impichment vaqtida jinoiy ish qo’zg’atish va sudga berishni, odatda, parlmentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko’rib chiqish esa oliy palataning vazifasidir, ko’rib chiqish lavozimidan chetlatish (bo’shatish) bilan yakunlanishi mumkin. Impichment tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.