INAUGURATSIYA

INAUGURATSIYA (lot. inauguro – bag’ishlayman) — yangi saylangan davlat boshlig’ining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan o’tkaziladigan tantanali marosim. Masalan, AQSHning yangi saylangan prezidentini – prezident saylovi o’tkazilganidan so’ng tantanali ravishda lavozimga o’tkazishadi.