Infiltrasion konlar

Infiltrasion konlar – er ostidagi kimyoviy faol suvli eritma- larda erigan turli rudali element va ular birikmalarining tog’jinslari yoriq va g’ovaklarida cho’kishidan hosil bo’lgan konlar. Suvli eritmalar erning chuqur joylarida tog’jinslari yoriqlari bo’ylab o’tganda ularning tarki-bidagi rudali moddalarni eritib boshqa joyga olib ketadi. Suvda erigan elementlar ma’lum fizik-kimyoviy muhitda cho’kadi, cho’kmay qolganlari grunt suvlari zona- siga etib boradi. I. k. qosil bo’lishida geokimyoviy to’siqlar muhim rol o’ynaydi. Bular grunt suvi migrasiyasini keskin Su- saytiradi, natijada elementlarning cho’kishiga qulay kimyoviy sharoit yarati- ladi va suvli eritmalardan elementlar osongina cho’kadi. Shu yo’l b-n temir, mis, vanadiy, uran, radiy, bariy, fosforit va b. konlar hosil bo’ladi. I. k. 50 m dan 700 m gacha chuqurlikda vujudga keladi. AQSh (Nyu-Meksiko shtati) va Boliviya- da (mis), Angliyada (temir), AQSh (Kolo- Rado va yuta Shtatlari )da (uran-vanadiy) I. k. bor. O’zbekistonda Uchquduq, Ko’kcha, Laylakon uran konlari mavjud.