INGLIZ-KANADALIKLAR

INGLIZ-KANADALIKLAR – Kanadadagi xalq (10,8 million kishi). Umumiy soni 11,67 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ingliz tilining Kanada lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan, protestantlar, bir qismi — katoliklar.