Inju

Inju (mo’g’ulcha)-o’rta asrlarda Mo’g’ulistonda xotin kishining seli (qaramog’idagi kishilar bilan birga), shuningdek, chingiziy shahzodalarning ulus mulklari. Masalan, O’qtoyxon Chig’atoyxonga Movarounnahrni 1239 yili Inju tarzida bergan. Hulokuiylar davlati hududida Inju – shaxsan xon va xonzodalarga tegishli yerlar (arabcha xossa, xoss inju shundan). Inju, shuningdek, turli unvondagi kishilarni, masalan, elxon, uning xotinlari yoki shahzodalarga mansubligini (ba’zan ularning yer-mulklari bilan birga) anglatgan.