INKVIZITSIYA

INKVIZITSIYA (lot. inguisitio – qidiruv) — katolik cherkovining sud-tergov tashkiloti; XIII asrda bid‘atchilarta qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga bo’ysungan. Inkvizitsiya zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni ta‘qib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida bo’lgan. Inkvizitsiya faoliyati shafqatsizligi bilan ajralib turgan. Inkvizitsiya G’arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari, ayniqsa, Ispaniyada keng tarqaldi. Buyuk mutafakkirlar, olimlar J. Bruno, J. Vanininch Inkvizitsiya yondirdi, G. Galiley va boshqalar ta‘qibga uchradi. 1452-yildan Rimdagi Oliy Inkvizitsiya tribunali Inkvizitsiyaning oliy organi bo’lib qoldi. XVI asrda Inkvizitsiya kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga aylandi. XVIII – XIX asrlar davomida Inkvizitsiya tugatildi.