Inqilob, Revolyutsiya

Inqilob, Revolyutsiya (kechki lotincha revolution-aylanish, o’girish)-jamiyat va ongning rivojlanishida ro’y beradigan chuqur sifat o’zgarishi (masalan, ijtimoiy Inqilob, shuningdek, sanoat, fan-texnika, madaniyat, fizika, falsafa, va hokazolardagi Inqilob). Inqilob so’zi ko’picha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qo’qqisdan, zo’rlik bilan o’zgartirish ma’nosida ishlatiladi, u asta-sekin, evolyutsion tarzda o’zgartirishlarning aksidir.