INSON OMILI
INSON OMILI – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jihatni o’z ichiga oladi. Birinchi jihat – O’zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta’lim va sog’liqni saqlash, nafaqa bilan ta’minlash tizimi va aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e’tiborini o’zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o’z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa’y-harakatlari va shijoati ifodalanishini nazarda tutadi.