INTERNATSIONAL

INTERNATSIONAL — ishchilarning, sotsialistik, kommunistik partiyalarning yirik xalqaro uyushmalari. I Internatsional (Xalqaro ishchilar shirkati) – proletariatning 1864-1876-yillardagi birinchi xalqaro tashkiloti. Unga K.Mars va F.Engels Londonda asos solgan; II Internatsional – sotsialistik partiyalarning xalqaro birlashmasi. 1889-yilda Engels ishtirokida Parijda tashkil topgan. I jahon urushi boshlanishi bilan tarqalib ketgan. Ulardan 1923-yil Gamburg shahrida Sotsialistik ishchi Internatsionali tashkil topdi; Kommunistik Internatsional (Komintern, 3-I., 1919-yil Moskvada asos solindi, 1943-yil tarqatib yuborildi); 4-Internatsional (1938-yil Parijda L.D. Trotskiy asos solgan) va boshqalar. 1951-yil Frankfurtmaynda Sotsialistik Internatsional (Sotsintern) tashkil topdi. U 103 ta partiya va tashkilotni birlashtiradi.