Ioni orollari

Ioni orollari — ioni den-gizidagi bir tuda Orol. Bolqon ya. o. ning g’arbiy qirg’og’i yaqinida, Gresiyaga qarashli. Bir necha yirik (Kerkira, Lef- kas, Kefaliniya, Zakinf) va ko’pgina may- da orollardan iborat. Mayd. 23 ming km2. Kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Orol- larning er yuzasi tog’li (eng baland joyi 1628 m), ohak-tosh va gilli slaneslardan tuzilgan. Qirg’oqlari tik, qulay buxta- lar bor. Tog’oldilari va sohildagi past- tekisliklarning tuprog’i unumdor; bu erlarda zaytun, tok, tsitrus o’simliklar o’stiriladi. Tog’yon bag’irlarida ko’proq makvis o’sadi, ayrim joylarda dub o’rmonlari saklangan. Aholisi qo’ychilik va baliq ovlash b-n shug’ullanadi, vodiy- lar tsitrus plantasiyalari, tokzorlar b-n band. I. o. da Kerkira, Argostolion, Zakintas sh.lari, dengiz bo’yi iqlim ku- rortlari bor. Turizm rivojlangan.