Ionosfera

Ionosfera – atmosferaning ionlar va erkin elektronlar miqdori ko`p bo`lgan yuqori qismi. Yer yuzasidan 50-60 km dan boshlanib 2000 km gacha davom etadi. Ultrabinafsha quyosh nuri ta’sirida kislorod va azot molekulalarining parchalanishi hisobiga ionlar hosil bo`lib turadi. Ionosferada yuqoriga ko`tarilgan sari harorat osha borib, yuzlarcha va hatto, minglarcha darajaga yetadi. Shuning uchun ionosferani termosfera deb ham ataydilar.