«Ipak yo’li» banki

«Ipak yo’li» banki – O’zbekis tondagi aktsiyadorlik tijorat-Innova- tsiya banki. O’zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra, 1990 y. dek.da tashkil etilgan. Boshqaruvi (bosh bo’limi) tosh- kent sh.da joylashgan. Mirzo Ulug-bek (Toshkent sh.), Navoiy (Navoiy sh.) fili- allari, Umar (Samarkand sh.), Namangan (Namangan sh.) mintaqaviy filialla- ri bor. Bankning asosiy aktsiyadorlari «Baraka» universal lizing kompaniyasi, «O’zbekinvest» milliy eksport-import sug’urta kompaniyasi, «kafolat» dav- lat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi va b. (jami aktsiyadorlari soni 400 dan ortiq; 2002). Bank faoliyat yuritayotgan hududlarda yakka tartibdagi tadbirkor- lar, kichik va o’rta biznes korxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalariga bank xizmatlari ko’rsatish, korpo-rativ mijozlarga xizmat ko’rsatish tizimi yo’lga qo’yilgan. Bank keng ko’lamdagi bank xizmatlari va kredit operasiyala- ri b-n bir qatorda lizing, faktoring va loyihalarni moliyalashtirish operasi- yalarini, nakd va nakd bo’lmagan valyuta mablaglari b-n amalga oshiriladigan amaliyotlarni, mi-jozlar (8 mingga yaqin) nomidan qimmatli qog’ozlar bozorida amaliyotlarni o’tkazadi. Xalqaro moliya muassasalari b-n hamkorlik qiladi. «I. y.»b.ning ustav kapitali (mln. so’m) 800, jami aktivlari 10875,1, kredit portfeli 5423,5, bankning o’z kapitali 2187,7 (2002, 1 iyul); joriy likvidlik koeffisienta 0,701, kapitalning etar- lilik koeffisienta 0,214. Rustambek Rahimbekov.