IPOTEKA BANKI
IPOTEKA BANKI — ko’chmas mulk garovi hisobiga ipoteka kreditlarini berish bilan shug’ullanadigan ixtisoslashtirilgan tijorat banki. Ipoteka banki kreditlari uzoq muddatga beriladi. Bank vositalari, asosan, ipoteka krediti olishni xohlagan mijozlarning omonatlari hamda bankning o’z kapitali hisobidan shakllanadi. Kreditlashning yo’nalishiga qarab Ipoteka bankilari yer garovi hisobiga kredit beruvchi — yer banki; meliorasiya ishlarini bajarish uchun kredit beruvchi — melioratsiya banki va shahardagi ko’chmas mulk garovi hisobiga kredit beruvchi kommunal banklarga bo’linadi. O’zbekistonda ipoteka munosabatlariga xizmat ko’rsatadigan «zamin banki» ixtisoslashtirilgan davlat-aktsiyadorlik ipoteka banki tashkil etilgan.