IPOX

IPOX — Malayziyaning g’arbiy qismidagi shahar. Perak shtatining ma’muriy Markaziy. Malakka yarim orolining g’arbiy sohili bo’ylab o’tgan temir yo’l magistrali yonida joylashgan. Aholisi 380 ming kishidan ziyod. Qalay qazib olinadigan rayonning markazi. Yog’ochsozlik, oziq-ovqat, tsement, metallsozlik sanoati korxonalari bor.