IQTISODIY-EKOLOGIK SIYOSAT
IQTISODIY-EKOLOGIK SIYOSAT – iqtisodiy siyosatning o’ziga xos turi va yo’nalishidir. Iqtisodiy-ekologik siyosat – davlatning tabiiy muhit va tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash, asrash, muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol sohalarida maqsadga muvofiq yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir. U mamlakatning iqtisodiy-ekologik manfaatlarini aks ettirishi va ekologik xavfsizlikni mustahkamlashga yo’naltirilishi lozim.