IQTO
IQTO, iqto’, iqta (Arab.) — Movarounnahr, yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer. Iqto egasi iqtodor deb atalgan. Iqto haqida dastlabki ma’lumotlar 7-asr oxiriga mansub Arab manbalarida uchraydi. Hukmdor Iqtoni istagan vaqtida qaytarib olib boshqa kishiga tortiq qilishi ham mumkin bo’lgan. 9-asrda xalifa tomonidan amirga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto deb atala boshlangan. Abu Abdullo Xorazmiy Iqtoning kelib chiqishini izohlab, «Mafotix ul-ulum» («Ilmlarning kalitlari») asarida bunday deb yozadi: «Sulton tomonidan biror kishiga tortiq qilib berilgan yer Iqto deb ataladi va uning mulki bo’lib qoladi». Iqto yerlari davlat mulki hisoblangan. 10-asrdan boshlab xususiy mulkka aylana boshlagan. Amir o’zi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar Solig’ini butunlay yoki qisman o’zlashtirish huquqiga ega bo’lgan. Iqto 9-13-asrda Movarounnahr va Eronda ham (Saljuqiylar, Qoraxoniylar va Hulokuiylar davrida) keng tarqalgan. Temuriplar davrida Iqto o’rnida tiul va suyurg’ol, Boburiylar davrida esa jogir atamalari qo’llangan. Ad.: Nizom ul mulk, Siyosatnoma, T., 1997; Hofiz tanish al-Buxoriy, Abdul- lanoma, 1-2-j.lar, T., 1999, 2000.