Iqto, Iqto’, iqta

Iqto, Iqto’, iqta (arabcha-ulush (bo’lib) berish)-Movarounnahr, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer. Iqto egasi iqtodor deb atalgan. Iqto haqida dastlabki ma’lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. Hukmdor Iqtoni istagan vaqtida qaytarib olib, boshqa kishiga tortiq etishi ham mumkin bo’lgan. IX asrda xalifa tomonidan amirga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto deb atala boshlangan. Iqto yerlari davlat mumki hisoblangan. X asrdan xususiy mulkka aylana boshlagan. Amir o’zi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar solig’ini butunlar yoki qisman o’zlashtirish huquqiga ega bo’lgan. Iqto IX-XIII asrlarda Movarounnahr va Eronda ham (saljuqiylar, qoraxoniylar va xulokuiylar davrida) keng tarqalgan. Temuriylar davrida Iqto o’rnida tiul va suyurg’ol, boburiylar davrida esa jog’ir atamalari qo’llangan.