Irg’iz daryosi bo’yidagi jang

Irg’iz daryosi bo’yidagi jang (1216) — Muhammad Xorazmshoh qo’shini b-n mo’g’ullar o’rtasidagi jang. Hoz. Qozog’istonning To’rg’ay vilo- yatidagi Irg’iz daryosi bo’yida sodir bo’lgan. Xo-razmshoh qo’shini (60 ming kishi) mo’g’ullarning Jo’jixon, Subutoy Bahodir, Toxuchar no’yon boshchiligida- gi 20 minglik qo’shini b-n to’qnashgan. Mo’g’ullar Chingizxon buyrug’iga ko’ra merkit qabilasini tor-mor qilib orqaga qaytmoqchi bo’lganda Xorazmshoh qo’shiniga duch kelgan. Mo’g’ullar dast- lab jang qilishdan voz kechishgan, bi- rok Muhammad Xorazmshoh b-n o’chaki- shib qolib, jangga kirishga majbur bo’lishgan. Har ikki tomondan o’ng qanot raqibning so’l qanotidan ustun kelgan, musulmon qo’shinining o’ng qano-tiga ja- loliddin Manguberdi bosh bo’lgan, uning jasorati tufayli xo-razmshoh qo’shini mag’lubiyatdan qutulib qolgan. Jangdan so’ng, qorong’u tunda mo’g’ullar shoshilinch suratda chekingan. Mo’g’ullarning jangda- gi jasorati Xorazmshohga katta ta’sir ko’rsatgan, bu esa keyinchalik ular b-n ochiq maydonda urishishdan qochishga va oxir oqibat saltanatining halokatiga sababchi bo’lgan. Ad.: Shixab ad-din Muhammad Anna- savi, Jizneopisanie Sultana Dja-Lal ad-Dina Mankburni, Baku, 1973.