Irqchilik, rasizm
Irqchilik, rasizm-insonlarni irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovurlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga hal qiluvchi ta’siri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu da’volarga ko’ra, oliy irqlar go’yo boshqa irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan, tsivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irqlar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto o’zlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Fransuz J.A.Gobino XIX asr o’rtalarda birinchi bor Irqchilik g’oyasini surib, oriylarni “oliy irq” deb e’lon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan.