ISAYEV ALEKSEY MIXAYLOVICH

ISAYEV ALEKSEY MIXAYLOVICH [1908.1 1.(24).10, Peterburg — 1971.25.6, Moskva] — rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi, Moskva konchilik institutini tugatgan (1932). Yirik qurilish va loyihalash tashkilotlarida, aviasiya sanoatida ishlagan, 1944 yildan konstruktorlik byurosining bosh konstruktori. Isayev suyuqlikli raketa dvigateli o’rnatilgan birinchi rus samolyotini yaratishda qatnashgan, raketa dvigatellari ishlab chiqish bilan shugullangan. Isayev raxbarligida raketalar va kosmik texnika uchun dvigatellar yaratildi. «Vostok», «Vosxod», «Soyuz» va boshqa kosmik kemalarga shunday dvigatellar o’rnatilgan.