ISHLAB CHIQARISHNING IXTISOSLASHUVI
ISHLAB CHIQARISHNING IXTISOSLASHUVI – korxona yoki hududning bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida hudud, tarmoq va korxonalar o’rtasida ichki mehnat taqsimoti shaklidir. Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish mahsulot, texnologik jarayon, asbob-uskunalar va tegishli mutaxassisliklarning bir xilligi bilan tavsiflanadi.