Islandiya

Islandiya (Island), Islandiya Re- spublikasi (Lydveldid Island) — Atlan- tika okeanining shim. qismidagi is- landiya o.da joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km2. Aholisi 278 ming kishi (2001). Ma’muriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti — Reykyavik sh. Davlat tuzumi. I. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1944 y. 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (1996 y. dan Olavur rag- nar Grimsson), u aholi tomonidan to’g’ri saylov yo’li b-n 4-y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni president b-n alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshi- radi va hukumatni tayinlaydi. Tabiati. I. qirg’og’i Jan.da tekis, qolgan qirg’oklari yirik qo’ltiq va Fi- ordlar b-n parchalangan. Er yuzasining ko’p qismi vulkanlardan xreil bo’lgan plato. Bal. 800 m li tog’massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi xarakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m). I. hududining 6 %i LAVA dala- laridan iborat. Sohilda pasttekisli- klar bor. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, ma’danli bu- loklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi Su- barktika, dengiz ikli-mi, Golfstrim- ning ta’siri kuchli. Sohilida yanv.ning o’rtacha t-rasi — 1, -3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yog’in 500-4000 mm. I.ning Mar- kaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. I. maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va b. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan to’yinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Ko’l ko’p. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog Arktika tuproqlari uchraydi. O’simligi kam, jami 400 tur kjsak o’simlik bor. I. hududining 2/3 qismi mox va lishay- nikli Toshloq. LAVA dalalarida hech narsa o’smaydi. Katta maydonlar torf- li botqoqlik va o’tloq. Kichikroq oq qayin o’rmonlari saklangan. Qutb tul- kisi, sichqonsimonlar, shim. bug’usi, norka, morj, tyulen, Baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bog’lari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-Sau, skaf- tafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qo’riqxonalar bor. Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — Island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri. Tarixi. I. hududiga taxm. 870 y.dan odamlar ko’chib kelib, kimsasiz Orol- ni o’zlashtira boshlaganlar. Ularning ko’pchiligi norveglar bo’lgan. Skandi- naviyaning boshqa mamlakatlari, jumla- dan, Shvesiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — muzlar mam- lakati deb atadilar. 11-a. oxiriga kelib bu erdagi q.x. xonadonlari 4,5 mingga etdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashg’uloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-a.ning 80-y. larida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxm. 1000 y.da shim. Ame- Rikaga etib bordilar. I.ga ko’chib kel- gan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq Majlisi — alting 930 y.da o’zining birinchi yig’ilishini o’tkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xo’jalik turmushining o’ziga xos xususiyatlari tufayli bu erdagi urug’chilik munosabat- lari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-a. gacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam bo’lgan. I. tarixining shu davri adabiyotda «Xalq hokimiyati davri» deb yuri-tiladi. O’rta asrlarga kelib yakka q.x. xonadoni asosiy xo’jalik va boshlang’-ich jamoat yacheyka- siga aylandi. Ammo 1262-64 y.larda I.ning asilzodalari o’rtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya dav- lati uni o’ziga bo’y-sundirib oldi, 1380 y.dan esa u (Norvegiya ham) Daniya b-n uniya (ittifoq) da bo’lgan. 1397 y.dan Kalmar Ittifoqi tarkibida. 1537 y.dan yana Daniya qara-mog’ida. 19-a. 2-yarmidan Island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874-1903 y.lari I. ba’zi Muxtor huquklarga ega bo’ldi. 1-jahon urushi davrida I.ning Daniya- ga qaramligi zaiflashdi. I.ning AQSh va Buyuk Britaniya b-n iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya I.ni Daniya-I. uniyasi b-n cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). I.ning doimiy beta- rafligi e’lon qilindi. 1944 y. maydagi referendum natijasida I. xalqi Daniya b-n uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda I. Respublika deb e’lon qilindi. I. — 1946 y. dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1997 y. 25 sent.da o’rnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq Ittifoqi partiyasi, 1968 y. tuzilgan; Mustaqillik parti- yasi, 1929 y. tashkil etilgan; taraqqiyot partiyasi, 1916 y. tuzilgan; «Xalq uyg’- onishi» siyosiy birlashmasi, 1944 y.da asos solingan; I. sosal-demokratik par- tiyasi, 1916 y. tashkil topgan; birlash- gan so’llar bloki, 1999 y.da tuzilgan. I. kasaba uyushmalari birlashmasi 1916 y. tuzilgan, xalqaro erkin kasaba uyushma- lari konfederasiyasi a’zosi. Xo’jaligi. I. — industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, Tse- ment, alyuminiy i.ch., metallsozlik ri- vojlangan. Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash etakchi o’rinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band bo’lib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni ta’- minlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yog’i, baliq uni. I.da sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan foydali qazilma va xom ashyo zaxirala- ri yo’q. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilisiy, dia- tomit, azotli o’g’it ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash ke- malarini ta’mirlaydigan va yangila- rini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-bo’yoq, charm- poyabzal, to’qimachilik sanoati, tri- kotaj va mebel i.ch. rivojlangan. Yi- liga o’rtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalani- ladi. Aholi jon boshiga elektr ener- giyadan foydalanishda dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega bo’lgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta e’tibor bera boshladi. U maz- kur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga ko’maklashuvchi Arktika ken-gashiga a’zo bo’lib kirgan. Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli er- lar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar ko’p. Etakchi tar- mog’i qo’ychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Em-xa- shak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot etishtiriladi. I.da dengiz transporti etakchi. Avto- mobil yo’llari uz. 10530 km. T. y. yo’q. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviasiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivoj- langan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi. I. chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qo’y go’shti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vosita- lari, neft va neft maxsulotlari ola- Di. I.ning tashki savdo-sotiqdagi aso- siy mijozlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Skandinaviya mamla- katlari. Pul birligi — Island kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. I. da 6 yoshdan 16 yosh- gacha bo’lgan bolalar uchun 10 yillik maj- Buriy boshlang’ich ta’lim, 16 yoshdagi bo- lalar uchun 3 yillik o’rta ta’lim joriy etilgan. Oliy ta’lim ti-zimida 5 un-t, jumladan, Reykyavik un-ti, 11 ixtisos- lashgan in-t bor. Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, I. milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badi- iy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik unti huzuridagi il- miy tadqiqotlar in-ti (1937) dir. Unda baliqchilik xo’jaligi, q.x. fanlari va b. bo’limlar bor. Un-t xuzurida bakterio- logiya va patologiya in-tlari ham mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko’rsatuvi. I.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Alti- dubladid» («Xalq, gazetasi», kundalik gaz., 1919 y.dan) , «Altidumadu-rini» («Sosial-demokrat», haftalik gaz., 1931 y.dan), «Vikan» («hafta», 2 haftada chiqadigan bezakli jur., 1938 y.dan) «Vinnan» («mehnat», oylik jur., 1943 y.dan), «Morgunbladid» («tonggi gaze- ta», kundalik mustaqil gaz., 1913 y.dan), «Toudvilinn» («Xalq erki», kundalik gaz., 1936 y.dan). I. davlat radioeshit- tirish va televidenie xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televidenie 1966 y. tashkil etilgan. Adabieti tarixida Saga (xalq, do- stonlari) etakchi janr bo’lgan. Norve- giya va Daniya hukmronligi davrida I. mada-niyati tushkunlikka uchrasada, Di- niy qo’shiqlar qatorida qahramonlik qo’shiqlari ham yaratildi. 18-a.dava 19-a. boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifati- da maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh b-n sug’orilgan. X. K. Lak- sness Island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-a. bosh- larida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabieti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta. Me’morligi va tasviriy san’ati 11 — 13-a.lardan rivojlana boshla- Di. Bu davrda kitob miniatyurasi, yog’och o’ymakorligi san’ati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari lang- xus («uzun uy») deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar erni chuqur o’yib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yog’och chetdan keltirilgan. 18-a.o’r-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-a.da kelti- rilgan yog’och, tuf, bazalt, temirdan 2-3 qavatli uylarni qurish urf bo’ldi. 1920- y.lar me’morligiga zamonaviy shakllar, konstruktsiyalar (yaxlit temir-beton, po’lat sinch) joriy etila boshladi. Key- ingi yillarda Reykyavik va Akureyri sh.larida 4-5 qavatli uylar, ma’mu- riy, jamoat binolari daniyaliklar ta’- sirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samu- elsson, Sigvaddi Tordarson kabi me’- morlar etishib chik,-Di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928-32, tibbiy markaz, 1946-50 va b.). Tasviriy san’at ijodkorlari mus- tamlakachilik zulmi ostida xam qad. naqqoshlik, o’ymakorlik an’analarini davom ettirdilar. 19-a.da milliy ozod- lik kurashi kuchayishi b-n I.da rassom – lik san’ati — portret (Sigurdur Gud- mundsson) va manzara (Tourarini tor- lauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida I.ning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uyg’onish ramzi sifatida ifodalandi. 20-a.da Kyarval izg’irin shimol tabia- tini, Gudmundur Torsteynsson xalq er- taklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shke- Ving esa mehnatkash xalq turmushini tas- virladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. Island xalqining tarixi, hayoti va fol- klori mav-zularini haqqoniy gavdalan- tirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik an’analar b-n birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy san’ati turlari (o’ymakorlik, kashtachilik va b.) rivojlangan. Musiqasi. An’anaviy musiqasi, aso- san, diniy aytimlari (Grigorian, key- inchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qo’shiqlaridan ibo-rat. Xalq cholg’ularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. I. professio- nal musiqasi 19-a. oxiridan tez rivoj- lana boshladi. Unga milliy madhiya mu- allifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, ballada- lar yozdi. 20-a.da Evropa konservatoriya- larida ta’lim olgan kompozitorlar is- Land folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitor- lardan P. Iso-ulfsson, y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalar- dan g. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykya- vikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa do’stlari ja-miyati, kamer musikasi klubi, jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, XAB- narfordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud. Teatri. Skaldlar she’riyati va qad. xalq dostonlarida teatr san’ati un- surlari bo’lgan. 1720 y.dan Skaulxol- tdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini ko’rsata boshladi. Bu te- ATR 1799 y.da Reykyavikka ko’chdi va 19-a. ning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi bo’ldi. Dramaturg S. Peturs- son 18-a. 2-yarmi va 19-a. boshlaridagi Island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-a. 2-yarmidan havaskorlik teatr to’garaklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pesalari sahnalashtirildi. 1897 y.da tashkil topgan Reykyavik te- ATR jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pesala- ri, shuningdek, V. Shekspir, F. Shil- ler asarlari sahnalashtirildi. 1950 y. milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan o’rin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mav- jud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I. ning eng yaxshi rej. va aktyorlaridir.