ISSIQLIK ENERGETIKASI

ISSIQLIK ENERGETIKASI – issiklik texnikasi tarmog’i; issiklik- ni, asosan, mexanik va elektr energiyasi- ga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylanti- rishda asosiy qismi issiklik dvigateli- tsan iborat bo’lgan issiklik qurilmalari qo’llaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stano- klari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr me- xanik Ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generator- larsiz ham, ya’ni energiyani to’g’ridan- to’g’ri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mum- kin. Zamonaviy I. e. ning asosi umu- miy elektr energiyasi miqdorining ko’p qismini ishlab chiqaruvchi muqim (sta- tsionar) bug’turbinali issiklik elektr stantsiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya b-n ta’minlash va tig’iz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr st-yalari ish- latiladi. Asosiy elektr b-n ta’min- lanish manbalari, ya’ni kondensasion elektr stantsiyalarilan tashkari issi- klik elektr markazi, atom elektr stantsi- yasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxm. 5% ga kamaytirishga im- kon beradigan bug’-gaz turbinali Kuril- malar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr st-yalar uchun tarkibida magni- togidrodinamik generatorlar bo’lgan va odatdagi bug’-gaz turbinali st-yalar b-n birgalikda ishlatiladigan Kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish li- niyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stantsiyalaridan foydala- niladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, Avto- mobil va b.) ga o’rnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviasiya dvigatellari, reak- TIV dviga-tellar va b. o’rnatiladi. I. e., asosan, 17-a. boshlarida pay- do bo’lgan. Bug’dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo bo’lishi I. e. ning jadal rivojlani- shiga asos bo’ldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr st-yalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi to’g’ri keladi. O’zbekistonda 20-a. boshlarida tosh- kentda ikkita elektr st-ya kurildi: biri (besh dizelli, kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya b-n ta’min- lash uchun, ikkinchisi o’zgarmas tokli Pavlov elektr st-yasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913 y. O’zbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida bo’lgan 6 ta kichik elektr st-ya bo’lgan, yillik elektr energiya ish- lab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923 y. Toshkent sh. yaqinidagi Bo’zsuv kanalida GES qurilishi bosh- landi, uning birinchi navbati (har bi- rining kuvvati 1 MVt dan bo’lgan 2 ta gidroagregat) 1926 y. may oyida ishga tu- shirildi. Ayni paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr st-yasi b-n bog’langan, 30 transformator Pun- ktiga ega bo’lgan, 6 kv kuchlanishli, o’zga- ruvchan tokli kabel tarmog’i kurildi. Mana bu birlashish O’zbekiston energe- tika tizimi rivojlanishiga asos bo’ldi. O’zbekistonda issiqlik energeti- kasi 20-a. 20-y. larida dizel va may- da bug’turbinali elektr st-yalar kurish yo’nalishida rivojlandi. Dizel elektr st-yalari umumiy maqsadlarda ham, paxta z-dlari, nasos st-yalari, kanal- lar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji bo’lgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr st-yasi, Samarkand, Andijon, Ko’qon va res- publikaning boshqa shaharlaridagi Di- zel elektr st-yalari kengaytirildi; bu- xoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega bo’lgan yirik dizel elektr st-yalari kurildi. Respublikadagi dast- labki bug’turbinali elektr st-yalar Farg’ona va Kattaqo’rg’ondagi yog’zavodla- rida ishga tushirildi. Farg’ona yog’zavo- dining «Sharq tongi» issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr st-yasi bo’lgan birinchi Iemdir. 30-y.larda Toshkent to’qimachilik kom- binati qoshida quvvati 12 MVt bo’lgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya ko’mir koni negizida kuvvati 48 MVt bo’lgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kuri- lishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939 y. oxirida ishga tushirildi. 1936 y. da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939 y. da ishga tushiril- Di. 50-y. lar boshlarida Angren ko’mir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltin- topgan kombinatida quvvati 24 MVt bo’lgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt bo’lgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi. Angren DIES katta (50 MVt) quv- vatli turbinalar o’rnatilgan yuqori bo- simli bug’ko’rsatkichlariga mo’ljallab qurilgan birinchi elektr st-ya bo’ldi. Ayni paytda ko’mirda ishlaydigan issiqlik elektr st-yalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va Farg’ona IEM) qurildi. Hozirgi paytda O’zbekiston energe- tika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi Respublikasining sanoat, qishloq xo’jaligi, kommunal xo’jalik korxonalarini va aholisini energiya b-n ta’minlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996 y. da Evropa energetika xartiyasining shartnomasi im-zolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, O’zbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yo’l ochildi. O’zbekiston I. e.ning keskin ri- vojlanishiga Buxoro va Sho’rton ta- biiy gaz konlarining topilishi va o’zlashtirilishi muhim ahamiyatli bo’ldi. Ular Toshkent, Navoiy, Taxiatosh va Sirdaryo DIES larining ishga kiri- tili-shiga imkon yaratib berdi. O’zbekistonning yirik issiqlik st-yalari ulushi umumiy elektr Energi- yani ishlab chiqarishda 85 foizni tash- kil qiladi. O’zR Vazirlar Maqkamasi 2000 yil 27 dek. da tasdiklagan «2001 –2010 y.larda O’zbekiston Respubli- kasi energetikasida ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekon- struktsiya qilish darsturi»ga muvofiq O’rta Osiyodagi eng yirik Talimarjon DIES ining qurilishi tugatilishi, hamda respublikaning boshqa is-siqlik elektr st-yalarida qayta texnik tiklash va qo’shimcha quvvatlarni ishga kiritish ko’zda tutilgan. O’zbekiston ko’p organik yoqilg’i za- xiralariga ega. Respublikaning yoqilg’i balansida ko’p issiklik elektr st-yalari, issiqlik elektr markazlari va tuman qozonxonalari uchun hozirgi zamonda yoqilg’ining asosiy turi — tabiiy gaz- ga alohida e’tibor beriladi. Ko’mir sanoatini rivojlantirish — Angren konida qo’ng’ir ko’mirni ko’proq ishlab chiqarilishiga yo’naltirilgan. «O’zbekiston Respublikasi energeti- kasining ishlab chiqarish quvvatlarini 2001 — 2010 y. larda rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish dastu-ri» da xorijiy investisiyalarni jalb qilish va chet el firmalarining ishtiroki ko’zda tutilgan. Hoz. paytda Germaniya- ning «Simens» firmasi Evropa tikla- nish va rivojlanish bankining krediti hisobiga Sirdaryo Diesning ikkita turbina blokini rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirish- Di. Shuningdek, xorijiy investisiyalar Toshkent DIES va Navoiy DIES ni re- konstruktsiya qilish loyihalarini hamda Toshkent shahrining elektr tarmoqlar xo’jaligini rekonstruktsiya qilish va kabel tar-moklarini zamonaviylashti- rish loyihalarini amalga oshirish uchun ham jalb etiladi.