«ITTIHOD VA TARAQQIY»

«ITTIHOD VA TARAQQIY» (turkcha «Ittihat ve Terakki») — turk inqilobchilarining siyosiy tashkilo- ti. Bu tashkilot a’zolari keyinchalik o’zlarini yosh turklar deb atashgan. 1889 y. Istan-bulda yosh turklarning maxfiy si- yosiy tashkiloti sifatida tashkil topdi. Unga Istanbul harbiy tibbiyot o’quv yurti talabalari Abdulla Javdat, Ibrohim Temo, Ishoq sukuti, Mahmed Rashid asos soldi. Tashkilotning asosiy maqsadi Sulton Abdulhamid II (1842-1918)ning mustabid hokimiyatini konstitusion tu- zum b-n almashtirishdan iborat bo’lgan. Tez orada xo-rijda ularning «Usmon- lilar Ittihod va taraqqiy jamiyati» ham tuzildi. 1892 y.dan Parijda turk tilida tashkilotning «mashvarat» gaz. chiqa boshladi. 1907 y. oxirida Parijda bo’lgan Kong-ressda muxolifatdagi kuch- lar Usmonlilar hokimiyatiga qarshi «I. va t.»tashkiloti etakchiligida blok tu- zishdi. Axmad Rizo boshchiligidagi tash- kilot rahbariyati xorijdan sultonlikka qarashli Makedoniyaning Markaziy shax- ri — Salonikiga kelib o’rnashdi. Mam- lakatda Abdulhamid 11 mustabid zulmi- ga qarshi kurash avj olib ketdi. Mam- lakatda ittihodchilar rahbarlik qilgan Yosh turklar inqilobi g’alaba qozondi. 1908 y.da «I. va t.»tashkiloti partiyaga aylantirildi. Ziyo Ko’kalpnnt turkchilik goyalari «I. va t.»tashkiloti a’zolariga kuchli ta’sir ko’rsatdi. «I. va t.»tashki- loti a’zolari Turkiyada demokratik er- kinliklarni joriy qilishga kirishdi. 1913 y.da Tal’at Posho — Turkiyaning Bosh vaziri, Anvar Posho — harbiy va- zir, keyinchalik Bosh qo’mondon, ja-mol Posho — harbiy dengiz kuchlari vaziri lavozimlarini egalladi. Anvar Posho Buxorodan Turkiyaga tahsil olish uchun borgan Usmon Xo’ja, Fitrat kabi talaba- larni oliy darajada qabul qilgan. Birinchi jahon urushiyaa Turkiyaning engilishi natijasida «I. va t.»tashkilo- ti tarqatib yuborilib, uning FA-oliyati taqiklandi. 1918 y. 3 noyab.da Tal’at Posho, Anvar Posho va Jamol Posho tur- kiya hududidan chiqib ketishdi. Jamol Posho va Anvar Posho 1920— 21 y.larda Turkistonga kelishdi, Anvar Posho Buxo- rodagi sho’ro tuzumiga qarshi harakatga rahbar bo’ldi. Turkiyada yuz bergan muhim o’zgarishlardan ke-yin — 1922 y. «I. va t.»partiyasi yana qayta tiklandi, ammo u mamlakat hayotida avvalgi mavqeiga erisha olmadi. 1926 y. Otaturkka qarshi suiqasd qilganlikda nohaq ayblanib, yttihodchilardan 4 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi. «I. va t.»partiyasi shu b-n o’z faoliyatini tugatdi. Ad.: 3iyo Go’kalp , turkchilik asoslari, T., 1994; Turk xalqining buyuk farzandi Otaturk, T., 1998; Rajabov Q., Buxoraga qizil armiya bosqini va unga qarshi ku- rash, T., 2002. Qahramon Rajabov.